Chechenistonda 3 tonnalik osh damlandi
Jamiyat
−
23 avgust 2019
5772Avvalroq, bugun, 23 avgust kuni Chechenistonning Shali shahrida yangi masjid ochilish marosimi o‘tkazilishi, unda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ishtirok etishi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi-muftiy Usmonxon Alimov ham ushbu marosimda qatnashish uchun Chechenistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edi.
Masjid ochilishi munosabati bilan bugun, 23 avgust kuni Shali shahrida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan palov muallifi Bahriddin Chustiy boshchiligidagi bir guruh o‘zbekistonlik oshpazlar 3 tonnalik osh damladi.
Tadbir mazkur shaharda bunyod etilgan “Ramzan Qodirov” nomli muhtasham masjidning ochilish marosimi doirasida o‘tkazildi.
Ushbu osh Rossiyadagi birinchi eng katta o‘zbek palovidir.
LiveBarchasi