Chechenistonda 24 soat ichida besh marta zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 13 dekabr kuni Chechenistonda 3,8 balli zilzila yuz berdi, bu respublikada bir kun ichidagi beshinchi seysmik hodisadir. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Chechenistondagi boshqarmasiga zilzilaning yomon oqibatlari to‘g‘risida axborot kelib tushmagan.

“2020 yil 13 dekabr soat 16:05 da Checheniston Respublikasi hududida 3,8 balli zilzila qayd etildi. Zilzila epitsentri Urus-Martan tumanida joylashgan. Tezkor navbatchilik smenasi tumanlarning yagona dispetcherlik xizmatidan ma’lumot yig‘ib, qayta ishlagan. Hodisaning yomon oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan”, deyiladi Matbuot xizmatida.

Keyinchalik, respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan xabar qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 16:36 da yana bir zilzila qayd etilgan, uning kuchi 2,9 ballni tashkil etgan. 

“Shunisi e’tiborga loyiqki, Shimoliy Kavkazning butun hududi zilzilalarga moyil. Kichik seysmik hodisalar har kuni butun dunyoda yuz beradi. Ular hech qanday yomon oqibatlarga olib kelmaydi. Shuni ham ta’kidlashni istardimki, dunyoning hech bir joyida zilzila vaqti va joyini aniqlik bilan bashorat qiladigan xizmat yo‘q”, dedi boshqarma vakili.

Bugungi kunldagi 5,6 ballik birinchi seysmik hodisa Moskva vaqti bilan soat 00:30 da, Chechenistonning Urus-Martan mintaqasida, 25 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Yana bir zilzila Moskva vaqti bilan soat 12:15 da sodir bo‘lgan, uning kuchi 3,7 ball, epitsentri Grozniydan 45 kilometr janubi-sharqda, Urus-Martandan 22 kilometr janubda joylashgan. 4,1 magnitudali yana bir zilzila soat 14:40 da sodir bo‘lgan, keyingi yer silkinishi soat 15:08 da bo‘lib o‘tib, 3,1 ballni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila Checheniston

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made