Ramzan Qodirovning qarindoshiga nisbatan tekshiruv boshlandi
Olam
−
25 Oktabr 2019
8832Huquq-tartibot idoralari Checheniston poytaxti Grozniy shahrining sobiq meri, Checheniston rahbarining amakivachchasi Islom Qodirovga nisbatan tekshiruvni boshladi. Bu haqda MK xabar bermoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Grozniy shahridagi jinoiy qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Salambek Mutiyevga ko‘ra, video kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishcha, Islom Qodirovning Checheniston poytaxti aholisiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan.
Mutiyevning so‘zlariga ko‘ra, boshqarmaga auditni boshlash uchun asos bo‘lgan video materiallar kelib tushgan. Video tasvirlar Grozniy jurnalistlari tomonidan huquqni muhofaza qilish idoralariga yetkazilgan. Materiallar sobiq shahar hokimining shaxsiy matbuot xizmati tomonidan yozib olingan.
Grozniy davlat televideniyesi va radioeshittirish shirkati bayonotida "Islom Qodirov mahbuslar bilan quroldan foydalangan holda tez-tez suhbatlashdi", deyiladi. Bundan tashqari, sobiq shahar hokimi psixologik bosim usullarini qo‘llagan, mahbuslarni qasos va yolg‘on ayblovlar bilan qo‘rqitgan.
Islom Qodirov 2012 yildan 2015 yilgacha Grozniy meri lavozimida ishlagan. Bungacha, u Checheniston Respublikasining Mulk va yer munosabatlari vazirligini boshqargan, shuningdek, respublika Hukumati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2015 yilda Islom Qodirov Prezident ma’muriyati va respublika Hukumatining rahbari bo‘lgan.