ChatGPT kelgusi 10 ta Jahon chempionatining g‘oliblarini e’lon qildi
Sport
−
14 Oktabr
13313Sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT futbol bo‘yicha kelgusi 10 ta Jahon chempionatining 2 tasida Argentina terma jamoasi chempion bo‘lishini taxmin qildi.
ChatGPT'ga ko‘ra, 2026 yil AQSH, Meksika va Kanadada o‘tadigan mundialda Argentina terma jamoasi chempion bo‘ladi. 2030 yil Braziliya, 2034 yil Fransiya, 2038 yil Germaniya va 2042 yilda Ispaniya dunyo futboli tojiga ega chiqishi mumkin.
Shuningdek, 2062 yilgacha Angliya, Niderlandiya, Italiya va Nigeriya terma jamoalari chempion bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi Jahon chempioni ham aynan Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Maradona vatandoshlari shu vaqtga qadar o‘z tarixida Jahon kubogiga ega chiqqan. Hozirda 2062 yilgacha argentinaliklar 5 marta mundial g‘olibi bo‘lishi sun’iy intellekt tomonidan taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi