ChatGPT ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Jamiyat

image

AQSHning sun’iy intellektga ixtisoslashgan OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.

“ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) sun’iy intellekt chatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratish modeli ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida QQS soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan  O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyning Temu onlayn marketpleysi O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi. 20 mart kuni marketpleys O‘zbekistondagi faoliyati davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lamagani uchun bloklandi. 1 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Temu marketpleysi O‘zbekistonga taxminan 46 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lamagani, soliqlarni to‘lasa, faoliyatini legallashtirish imkoniyati yaratib berilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ChatGPT OpenAI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing