Charter reyslarga qanday qilib chipta olish mumkin?
Jamiyat
−
20 iyun 2020 11245 1 daqiqa
O‘zbekiston tomonidan tashkil etilayotgan charter reyslarga qanday qilib yozilish yoki ularga bilet olish mumkin? Ushbu masalaga Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Avazbek Xodjimetov oydinlik kiritdi.
“Vatanga qaytishni istagan xorijdagi hamyurtlarimiz chet eldagi diplomatik vakolatxonalarga telefon orqali yoki onlayn murojaat qilishlari talab etiladi”, dedi Avazbek Xodjimetov.
Bunda pasport nusxasi, bog‘lanish ma’lumotlari, agar mavjud bo‘lsa “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga amaldagi aviachipta nusxasini yuborish co‘raladi.
Ma’lum qilinishicha, amalga oshirilayotgan charter reyslar orqali vatanga birinchi galda keksa, kasal, homilador fuqarolar va yosh bolali ayollar qaytariladi.
Ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarga “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bilet sotiladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust