Charlz III ning toj kiyish sanasi aniq bo‘ldi
Olam
−
12 Oktabr 2022
4308Britaniyaning yangi monarxi Charlz III ning toj kiyish marosimi 2023 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bukingem saroyi xabar bermoqda.
Marosim Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi va uni Kenterberi arxiyepiskopi boshqaradi.
Charlz III bilan birgalikda uning rafiqasi Kamillaga konsort qirolicha sifatida rasman toj kiydiriladi.
Ma’lumot uchun, Charlz III onasi qirolicha Yelizaveta II vafotidan ikki kun o‘tib, 10 sentyabrda rasman qirol deb e’lon qilingandi.
Avvalroq “Bloomberg” agentligi Charlz III ning toj kiyish marosimi 2023 yil 3 iyun kuni Vestminster abbatligida o‘tkazilishi haqida xabar tarqatgan edi.
LiveBarchasi