“Chang-to‘zon kuzatiladi”. O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
11 Iyul 11010 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy yilning 13–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr