Chang bo‘ronlari avj olgan Termiz sun’iy yo‘ldoshdan qanday ko‘rinmoqda? (video+foto)

Bu qiziq

image

Bugun, 5 may kuni Surxondaryo viloyati janubiy tumanlari, xususan, Termizda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilib, holat tasvirlangan videoni joyladi.

Keltirilishicha, soat 15:00 holatiga ko‘ra, Termiz aeroportida kuchsiz chang bo‘roni, janubi-g‘arbiy yo‘nalishdan 8 m/s tezlikda shamol esayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, internet foydalanuvchilari ham ushbu postga izoh berar ekan, Surxondaryoda chang to‘zonlari “afg‘on shamoli” tufayli yuzaga kelayotganini ta’kidlab, ular ham holat aks etgan rasmlarni taqdim etgan. Aytilishicha, Termizda ko‘rish masofasini 100 metr atrofida.

Abdulahatov Termiz shahrida kuzatilayotgan chang bo‘ronlarining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali ko‘rinishini ham o‘z sahifasiga joylagan.


Maqola muallifi

Teglar

Termiz sun'iy yo'ldosh Chang bo'ronlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing