Chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib, chegara postidan o‘tayotgan ayol qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 dekabr
4737Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi chegara bojxona posti orqali 9 oylik chaqalog‘i kiyimlarida turli dorilar olib kirgan ayol ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, avvalroq Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida piyoda ravishda kirib kelgan shaxs qo‘lidagi chaqalog‘ining kiyimlari orasiga 32 dona “Anaferon” dori vositasini yashirib olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolingan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Oradan bir oy o‘tib u yana shu usulda – 9 oylik chaqalog‘ining boshdan oyoq kiyimlari orasiga 21 dona “Avamis” dori vositasini yashirib olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.
“Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olingandi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi