Chaqaloqni pullayotgan hamshira qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga uringan hamshira qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bo‘limi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xorazm viloyati perinatal markazida hamshira bo‘lib ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Yu.N. joriy yilning 21 yanvar kuni mazkur tug‘riqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan, urganchlik V.Sh.ning chaqalog‘ini kelgusida boqib tarbiyalash hohishi yo‘qligidan xabardor bo‘lgan va bolani sotishga harakat qilgan.

Hamshira begonaning farzandiga o‘z mehrini bermoqchi bo‘lgan “ona”dan 2019 yil 6 fevral kuni qonunga xilof ravishda 1,7 mln so‘m pullarni olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan chaqaloq savdosiga qo‘l urgan hamshiraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham bolalar savdosi aniqlanib, oldi olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Xorazm

Baholaganlar

44

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing