SSVda tozalash: Amirullo Inoyatov qator rahbarlarni ishdan bo‘shatdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Amirullo Inoyatov boshchiligida o‘tayotgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimida ishlayotgan bir guruh xodimlar turli sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilib, ba’zilariga "hayfsan" va intizomiy jazo berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir olib borilgan o‘rganishlar davomida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan profilaktik ko‘riklar va skrining dasturlarini amalga oshirish mexanizmi tibbiyot xodimlariga to‘liq tushuntirilmagani hamda jarayon tizimli nazoratga olinmaganligini tanqid qilgan.

Shu jumladan, birlamchi tizimni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika va mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish bo‘yicha davlat rahbari topshiriqlarini bajarishda yo‘l qo‘ygan sustkashligi uchun:

  • Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i B.Teshayev;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
  • Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Iminov;
  • Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i X.Xakimov;
  • Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Safoyev;
  • Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Sodiqovlarga esa “hayfsan” berildi.

Shuningdek, “Qishloq shifokori” dasturi ijrosini bajarishda yo‘l qo‘ygan sustkashligi uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Q.Kamalov;
  • Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yu.Mirxonov;
  • Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Yorqulov;
  • Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Xolmurzayev;
  • Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Abdullayev;
  • Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Asatullayevlarga nisbatan ham “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, davolash-profilaktika ishlarini talab darajasida tashkil etmagani, tibbiyot brigadalari faoliyatini tashkillashtirishda nazoratni susaytirgani, aholi reproduktiv salomatligi ko‘rsatkichlarining yomonlashgani uchun yig‘ilishda:

  • Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Yusupov;
  • Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Arabov;
  • Uchko‘prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Oripov;
  • O‘zbekiston tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X.Qurbonov;
  • Xiva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Jumaniyezova;
  • Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosari A.Ibodullayev;
  • Xorazm viloyati Tez tibbiy yordam markazi direktori U. Matyakubov;
  • RSHTIYOM Xorazm filiali direktori o‘rinbosarlari B.Yusupova va B.Masharipovlar egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Maqola muallifi

Teglar

CCB Amirullo Inoyatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing