Samarqanddagi mudhish qotillik bo‘yicha rasmiy axborot berildi
Jamiyat
−
25 mart 2019
16972O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kecha, 24 mart kuni Samarqand shahrida yuz bergan qotillik bo‘yicha rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 24 mart kuni soat 00-45 larda Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi Ye.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Oqibatda, M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
“Shahar prokuraturasi tomonidan Ye.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda” deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
LiveBarchasi