CAFA chempionati guruhlari va o‘yinlar sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 aprel 2023
7909Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) iyun oyida Toshkent va Bishkek shaharlarida bo‘lib o‘tadigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi birinchi chempionatga qur’a tashlash mexanizmini e’lon qildi. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida guruhlarning taxminan qanday ko‘rinish olishini ma’lum qildi.
Qur’a tashlash marosimi 26 aprelga belgilangan. FIFA reytingiga ko‘ra jamoalar to‘rtta savatga bo‘lingan:
1-savat:
Eron;
O‘zbekiston (“A” guruhi mezboni).
2-savat:
Qirg‘iziston (“B” guruhi mezboni);
Tojikiston.
3-savat:
Turkmaniston;
Afg‘oniston.
4-savat:
(taklif etilgan mehmon);
Ummon.
Turnirga bir nafar taklif etilgan mehmon bo‘lgani bois Ummon terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin oladigan bo‘lsa, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari bir guruhga tushmasligi aniq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, guruhlarning qanday ko‘rinish olishini deyarli to‘liq taxmin qilish mumkin:
“A” guruhi:
O‘zbekiston;
Tojikiston;
Turkmaniston yoki Afg‘oniston;
Ummon.
“B” guruhi:
Qirg‘iziston;
Eron;
Turkmaniston yoki Afg‘oniston;
"Qolaversa, guruhlardagi jamoalar savatchalar soniga ko‘ra joy olishini hisobga olsak, o‘yin taqvimini ham taxmin qilishimiz mumkin", deydi Nikimbayev.
11 iyun
“A” guruhi:
O‘zbekiston - Ummon;
Tojikiston - Turkmaniston yoki Afg‘oniston.
“B” guruhi:
Qirg‘iziston - Turkmaniston yoki Afg‘oniston.
14 iyun
“A” guruhi:
Ummon - Tojikiston;
Turkmaniston yoki Afg‘oniston - O‘zbekiston.
“B” guruhi:
Eron - Turkmaniston yoki Afg‘oniston.
17 iyun
“A” guruhi:
O‘zbekiston - Tojikiston;
Turkmaniston yoki Afg‘oniston - Ummon.
“B” guruhi:
Qirg‘iziston - Eron.
LiveBarchasi