Byudjetdan ajratilgan har bir so‘mning hisob-kitobini joyiga qo‘yish kerak – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirilgan imtiyozlar samaradorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari mazkur majlisda byudjetdan ajratilgan har bir so‘mning hisob-kitobini joyiga qo‘yish kerakligini va imtiyozlarning samaradorliginin oshirish zarurligini urg‘ulagan.

“So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlariga turtki berish uchun ilgari tariximizda bo‘lmagan imtiyozlarni joriy etishga majbur bo‘ldik. Bugun ulardan natija, saboq, tajriba qanday bo‘ldi, degan savolga javob topish kerak. Byudjetdan ajratilgan har bir so‘mning hisob-kitobini joyiga qo‘yish, imtiyozlarning samaradorligini oshirish zarur”, degan Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari joylarga borib, manzilli qarorlar qabul qilish kerakligini aytgan.

“Endi joylarga borib, manzilli qarorlar qabul qilib, imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanib, chekka-chekka tumanlarni ham rivojlanish yo‘liga olib chiqish kerak", degan Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing