Soliq organlariga zamonaviy uskunalar uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Farmonga muvofiq, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni biznes yuritishdagi joriy amaliyotga moslashtiriladi. Jumladan, qurilish korxonalariga ishchilarni ularga ish haqini naqd pulda to‘lash (mehnatga haq to‘lash fondining 10 foizidan oshmagan holda) huquqi bilan hamda ularni ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini saqlab qolgan holda shartnoma tuzmasdan yollashga muddatli ravishda ruxsat beriladi.

Soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratiladi. Bu quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

1) tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga vakolatli organni xabardor qilgan holda o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari natijalarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tartibini joriy qilish.

Ushbu chora soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari doirasidagi harakatlariga fuqarolarning ishonchini oshirish, shuningdek, soliq organlari suiiste’mollik holatlariga yo‘l qo‘yishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

2) Soliq organlarining ma’lumotlarini qayta ishlash markazini zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qayd etilishicha, Soliq islohoti natijasida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, resurs soliqlarini to‘lovchi shaxslar soni o‘rtacha 15 barobar ko‘paydi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, vakolatli organlarning tayyorgarligi va iqtisodiyotdagi yashirin ulushning qisqarishi o‘rtasida bevosita aloqa bor. Masalan, IT darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot ulushi past.


Maqola muallifi

Teglar

QQS

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing