Buyuk Britaniyadagi eng keksa odam vafot etdi
Olam
−
26 Oktabr 2020 5671 1 daqiqa
Buyuk Britaniyadagi eng keksa odam Joan Xokkard 112 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Sky News" marhumning jiyaniga asoslanib xabar bergan.
Xokkard 1908 yil 29 martda tug‘ilgan. Xuddi shu kuni Britaniyalik Bob Ueyton ham dunyoga kelgan. U 2020 yil fevralidan Yer yuzidagi eng keksa odam deb hisoblangan. Joriy yilning may oyida Ueyton 112 yoshida vafot etgan.
Xokkardning jiyani, 74 yoshli Pol Reynoldsning so‘zlariga ko‘ra, uning xolasi juda boy oiladan bo‘lgan.
Ikkinchi Jahon urushi paytida u Londonda tez yordam mashinalarini boshqargan. Ayol har doim to‘kis hayot kechirishga intilgan. Jiyanining aytishicha, u sariyog‘ va qaymoq iste’mol qilishni yaxshi ko‘rgan va diyetaga ishonmagan.
Shuningdek, Xokkard irodali, juda mehmondo‘st va sadoqatli odam bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, endi 111 yoshli Lilian Prist Buyuk Britaniyadagi eng keksa odam unvoniga ega bo‘ldi.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025