Buyuk Britaniyada yangi antirekord! Bir kunda 61 ming kishida koronavirus aniqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniyada oxirgi sutkada koronavirus chalingan 60,9 ming yangi bemor aniqlandi. Bu pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Bugun, 5 yanvar kuni hukumatning veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda. 

Avvalgi antirekord bundan bir kun avval qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan sutkada 58,8 ming nafar yangi koronavirus bemori aniqlangandi. 

So‘nggi sakkiz kun ichida qirollikda kuniga 50 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus infeksiyasining ko‘payishi sababli mamlakatda yangi milliy lokdaun joriy etilishini e’lon qildi.

Cheklovlar bugun, 5 yanvardan kuchga kiradi. Ertadan boshlab, Buyuk Britaniyaning barcha boshlang‘ich va o‘rta maktablari masofadan o‘qitishga o‘tadi. Bundan tashqari, rasmiylar yakuniy imtihonlar jadvalini qayta ko‘rib chiqadi. Asosiy taqiqlar 6 yanvarda kuchga kiradi. O‘z-o‘zini majburiy izolyatsiya qilish butun mamlakat bo‘ylab joriy etilad. Fuqarolarga uylaridan faqat ishlash uchun chiqish, oziq-ovqat va zarur narsalarni sotib olish, tibbiy yordam olish yoki sport bilan shug‘ullanish uchun ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing