Buyuk Britaniyada parlament tarqatib yuborildi

Olam

image

Buyuk Britaniyada parlament yaqinlashib kelayotgan muddatidan oldin saylovlar munosabati bilan rasman tarqatib yuborildi. Bu haqda bugun, 30 may kuni qonun chiqaruvchi organ saytida xabar qilindi. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Bosh vazir Rishi Sunak 4 iyulda chaqirayotgan umumiy saylovga 25 ish kuni qolganida parlament tarqatib yuborilishi kerak. Tahlilchilar saylovlar kuzda bo‘lib o‘tishini kutgan edi, biroq hukumat ularni ertaroq o‘tkazishga kelishib oldi. Sunak o‘tgan hafta Britaniya qiroli Charlz III parlamentni tarqatib yuborish haqidagi iltimosini qondirganini e’lon qildi.

Birlashgan Qirollik parlamentining tarqatilishi avtomatik ravishda uning Jamoatlar palatasi – quyi palatadagi barcha 650 o‘rinning bo‘shashini anglatadi. Saylovdan so‘ng, 9 iyul kuni parlament yangi tarkibda yig‘ilib, spikerni saylaydi va deputatlar qasamyod qiladi.

Avvalgi saylovlar 2019 yilda bo‘lib o‘tgan. Unda Boris Jonson boshchiligidagi Konservatorlar partiyasi ko‘p ovoz bilan g‘alaba qozongan. Biroq, o‘shandan beri saylovchilarning kayfiyati o‘zgardi. Koronavirus pandemiyasi davridagi munozarali hukumat harakatlari, bir qator janjal va iqtisodiy muammolar konservatorlar mashhurligining pasayishiga olib keldi. Jonson hukumat rahbari lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini qisqa vaqt ichida Liz Truss egalladi, keyin esa Sunak Bosh vazir bo‘ldi.

So‘rov ma’lumotlari va yaqinda o‘tkazilgan mahalliy saylovlar natijalari Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasining mashhurligi oshganini ko‘rsatadi. Leyboristlar 14 yillik muxolifatdan so‘ng g‘alaba qozonishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada saylovlar majoritar tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. 325 dan ortiq saylov okrugida nomzodlari g‘alaba qozongan partiya parlamentda ko‘proq o‘rinni qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya saylov parlament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made