Buyuk Britaniya va YeI Brexit bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
4464Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan Brexit`dan keyingi munosabatlar va erkin savdo bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.
“Kelishuvga erishildi”, degan Buyuk Britaniya Hukumati rahbari. U Twitter`dagi postiga qo‘llarini baland ko‘tarib o‘tirgani aks etgan suratni joylagan.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ham YeI va Britaniya Birlashgan Qirollikning hamjamiyatdan chiqish jarayoni tugagandan keyingi sheriklik to‘g‘risida kelishuvga erishganini e’lon qildi.
“Kelishuvga erishildi. Bu [Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida] asosiy aloqalarni to‘xtatishga yo‘l qo‘ymaydi. U umumiy bozordan foydalanishga teng huquq beradi va baliqchilik uchun muvozanatli sharoitni ta’minlaydi. Bu kelishuv kurashish uchun arziydi. Endi Buyuk Britaniya bilan adolatli kelishuvga egamiz. Bu Yevropa Ittifoqi manfaatlarini himoya qiladi, adolatli raqobatni kafolatlaydi va baliqchilarimiz uchun bashorat qilishni ta’minlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Dauning-stritda ta’kidlanishicha, Britaniya kelishuv doirasida chegara, savdo, sud tizimi va baliq ovlanuvchi suv hududlari ustidan nazoratni o‘ziga qaytardi.
2020 yil oxirida Brexit bo‘yicha o‘tish davri o‘z nihoyasiga yetadi va Britaniya 2021 yil 1 yanvarda Yevropa ittifoqidan chiqish jarayonini yakunlaydi.
LiveBarchasi