Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 200 ta tankka qarshi raketa beradi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga 200 ta tankka qarshi raketalarini yetkazib bermoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa boshqaruvi rahbari Grant Shapps Britaniya parlamenti jamoatlar palatasidagi chiqishida ma’lum qildi.

Mudofaa vazirining aytishicha, Buyuk Britaniya “jasur ukrainaliklar g‘alaba qozonmaguncha, ularni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamaydi”. Shuningdek, Shapps yaqin orada Kiyevga dronlar, elektron uskunalar, minalarga qarshi vositalar yetkazib berilishini qo‘shimcha qilgan.

 Bundan tashqari, Shapps Vashingtonni Qo‘shma Shtatlar Ukrainani bugun qo‘llab-quvvatlamasa, ertaga dunyo tartibini himoya qilish "juda qimmat"ga tushishidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy agar AQSH yordam bermasa, Ukrainaning "B" rejasi yo‘qligini tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing