Buyuk Britaniya Ukrainadan 2023 yilda hal qiluvchi g‘alabani kutmoqda – Sunak 

Olam

image

Britaniya Ukraina 2023 yilda Rossiya kuchlari ustidan hal qiluvchi g‘alabani qo‘lga kiritishini kutmoqda. Bu haqda bugun, 8 fevral kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Britaniya parlamentining Jamoatchilik palatasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Men palatani ishontirib aytmoqchimanki, biz Ukrainani bu yil jang maydonida irodali g‘alabaga erishishi uchun qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, dedi hukumat rahbari.

Shuningdek, u Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli Kuchlari uchuvchilarini NATOga tegishli qiruvchi samolyotlarni boshqarishga o‘rgatish niyatida ekanini ma’lum qildi. Qirollikda Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilarini tayyorlash dasturining kengaytirilishi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Londonga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lib, u tez orada Britaniya parlamenti a’zolari oldida nutq so‘zlaydi.

Parlament a’zolari bilan haftalik suhbatlarida Sunak qirollikning mudofaa byudjetini sobiq bosh vazir Boris Jonson tomonidan tasdiqlangan miqdordan ko‘proq oshirish niyatidami yo yo‘q, bunga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy urush boshlangandan buyon ikkinchi tashrifini Buyuk Britaniyaga amalga oshirdi. U bugun, 8 fevral kuni harbiy samolyotda Londonga yetib bordi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya Sunak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing