Buyuk Britaniya Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy qildi
Olam
−
23 iyun 2022
7322Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqda. Bu haqda Britaniya Hukumati saytida e’lon qilingan xabarda keltirilgan.
Yangi sanksiyalar paketiga ko‘ra, funt sterling va Yevropa Ittifoqi davlatlarining banknotlarini Rossiya Federatsiyasi hududida eksport qilish va ulardan foydalanishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Mamlakat, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga dengiz sektori, neftni qayta ishlash sektori uchun mahsulotlarni eksport qilishni taqiqladi.
London Rossiya Federatsiyasiga "kimyoviy, biologik qurollar" uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni ham taqiqlamoqda.
LiveBarchasi