Buyuk Britaniya Rossiya va Xitoyga qarshi maxfiy operatsiya boshladi

Olam

image
Putin Rossiya va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha rejasini ma’lum qildi north_east

Putin Rossiya va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ISHID terrorchilik guruhining moliyaviy faoliyatini cheklash maqsadida tashkil etilgan maxfiy “bank” bo‘limi Rossiya va Xitoyga qarshi amaliyot boshladi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar bergan.

Gazetaning yozishicha, maxfiy bo‘lim Suriya va Iroqdagi terrorchilarning tijoriy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida olti yil avval sobiq bankirlar va moliyachilardan tuzilgan. Mutaxassislar asosan xomashyo bozori va xalqaro kapital oqimiga e’tibor qaratadilar. Ishchi guruh xodimlari maxsus kuchlar, maxsus xizmatlar, shuningdek, axborot urushiga qarshi kurash bo‘limining 77-brigadasi bilan ishlagan. Ularning vazifasi dushmanni moliyalashtirish imkoniyatini cheklab, kuchsizlantirish edi.

“Rossiya va Xitoy kabi dushmanlar tinchlik va urush o‘rtasidagi “kulrang zona”dan foydalanishi, milliy infratuzilmaga qarshi kiber qurollardan foydalanishi va xorijdagi nozik hududlarga tijoriy investitsiyalarni sarmoya kiritishi sababli bo‘lim mutaxassislariga talab ortib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Bu yil nafaqaga chiqqunga qadar maxfiy bo‘limni boshqargan aviatsiya marshali Edvard Stringer, ular dushmanlari biznes modelining muhim elementlarini topishga, ularni yo‘q qilishga va ularni almashtirishni iloji boricha qiyinlashtirishga harakat qilishayotganini aytgan.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya, Xitoy va butun dunyo Amerika Qurolli Kuchlari eng qudratli armiya ekanini bilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing