Buyuk Britaniya Kiyevga yuzlab Brimstone raketalarini yuboradi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzga yaqin Brimstone raketalari va artilleriya o‘q-dorilari yetkazib beradi. Bu haqda mamlakatning yangi Mudofaa vaziri Jon Xili kecha, 7 iyul kuni Odessaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Jon Xili Ukrainada mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Mudofaa vaziri Rustam Umarov bilan uchrashdi. O‘zaro suhbatdan so‘ng, Xili Buyuk Britaniya mamlakatga yangi yordam paketini, jumladan, avvalgidan ham ko‘proq artilleriya qurollari, millionlab o‘q-dori va 100 ga yaqin Brimstone raketalarini taqdim etishini aytib o‘tdi.

Tashrif chog‘ida Mudofaa vaziri Britaniyaning Ukrainaga sodiqligi Vestminsterdagi yangi hukumat tomonidan yana kuchayishini tasdiqlagan.

“Hukumatda o‘zgarishlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo Buyuk Britaniya Ukraina uchun birlashgan. Yangi Mudofaa vaziri sifatida men muhim harbiy yordam yetkazib berishni kuchaytirish orqali Britaniyaning ko‘makini kuchaytirishni ta’minlayman. Ukraina xalqi bilan birga bo‘lishimiz yana davomli bo‘ladi. Shuningdek, Rossiya tajovuzkorligiga qarshi turish va Putinni harbiy jinoyatlari uchun ta’qib qilishga qaror qilganmiz. Ukrainalik do‘stlarimiz bilan qancha vaqt bo‘lsa ham yelkama-yelka turamiz”, degan Jon Xili.

Britaniya hukumatining ma’lum qilishicha, yangi harbiy yordam paketi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Chorak million 50 kalibrli o‘q-dorilar;
  • 90 ta zirhga qarshi Brimstone raketalari;
  • Daryo va qirg‘oq operatsiyalari uchun 50 ta kichik harbiy qayiq;
  • 40 ta minadan tozalash vositaci;
  • 10 ta AS-90 artilleriya quroli;
  • Mudofaa pozitsiyalarini qurishda yordam beradigan 61 buldozer;
  • 32 ta yangi bochka va yana 60 000 dona 155 millimetrli o‘q otishga yordam beradigan muhim ehtiyot qismlar.

Jon Xili, shuningdek, rasmiylarga joriy yilning aprel oyida va’da qilingan harbiy yordam paketini tezlashtirish va keyingi 100 kun ichida ularni Ukrainaga to‘liq yetkazib berishni aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Iroq urushidagi ishtirokini yoqlab ovoz bergan Jon Xili qirollikning yangi Mudofaa vaziri etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Odessa Zelenskiy Jon Xili Brimstone raketalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing