Buyuk Britaniya qirollik oilasi davlat rahbarlariga ziyofat berdi
Olam
−
04 dekabr 2019
8366Kecha, 3 dekabr kuni Buyuk Britaniyada NATOga a’zo davlatlar rahbarlari Qirolicha Yelizaveta II mehmoni bo‘ldi.
Bugun, 4 dekabr kuni Londonda NATO tashkil etilganiga 70 yil to‘lgani munosabati bilan yubiley sammit o‘tkaziladi. Ta’kidlash joizki, NATO a’zolari orasida ayni vaqtda turli kelishmovchiliklar bor. Masalan, mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha yetkazish talabiga barcha birdek rozi emasligi, Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasi sotib olgani shular jumlasidan. Shu sababdan sammit bosim ostida o‘tishi taxmin qilinyapti.
Ammo shunga qaramay Buyuk Britaniya Qirollik oilasi mamlakatga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlariga kutib olish ziyofati berdi.
Qirollik ziyofati Bukkingem saroyida o‘tkazildi. Donald Tramp, Angela Merkel, Emmanuel Makron va boshqa ko‘plab davlatlar rahbarlari ishtirok etgan kutib olish ziyofatida Qirolicha Yelizaveta, Keyt Middlton, shahzoda Charlz va qirollik oilasining boshqa ba’zi vakillari ham qatnashdi.
Ziyofatdan olingan qiziqarli suratlar bilan tanishishingiz mumkin.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Bukkingem saroyida AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp bilan salomlashyapti.
Qirolicha Yelizaveta Germaniya kansleri Angela Merkel bilan ko‘rishyapti.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turmush o‘rtog‘i Emine Erdo‘g‘an bilan kirib kelyapti.
Qirolicha Yelizaveta NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg (o‘rtada) va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan salomlashyapti.
LiveBarchasi