Buyuk Britaniya ilk marta harbiy parvozni o‘simlik moyi bilan amalga oshirdi
Olam
−
23 noyabr 2022
5785Buyuk Britaniya qirollik havo kuchlari o‘simlik moyidan tayyorlangan 100 foiz ekologik yonilg‘ida harbiy samolyotning ilk sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy sayti xabar berdi.
Joriy yilning 16 noyabr kuni Airbus A330 tijorat reaktiv laynerining harbiy versiyasi – RAF Voyager 90 daqiqa ichida Oksfordshir ustidan uchib o‘tgan.
Xabar qilinishicha, RAF Voyager samolyoti “barqaror reaktiv yonilg‘isi”da ishlashi uchun hech qanday o‘zgartirish talab qilinmagan.
“Bu operatsion samaradorlikni oshirish bilan birga, dunyodagi uglerod chiqindilarini 80 foizgacha kamaytirish potensialiga ega. Bu esa o‘z o‘rnida Qirollik havo kuchlarining vaqt o‘tishi bilan uglerodni neytral qilish rejasining bir qismi bo‘lib xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniya qirollik havo kuchlari shtab boshlig‘i, bosh marshali Mayk Uigston parvoz haqida fikr bildirar ekan:
“Iqlim o‘zgarishi bizning barqarorligimiz, xavfsizligimiz va jamoaviy farovonligimizga tahdid soladigan transmilliy muammodir. Shu tufayli men RAF oldiga 2040 yilga borib dunyodagi birinchi ekologik toza yonilg‘ida uchadigan havo kuchlari bo‘lish maqsadini qo‘ydim. Samolyotimizni qanday quvvatlantirishimiz bu vazifani bajarishda asosiy kalit bo‘ladi”, deya ta’kidladi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi