Buyuk Britaniya iqtisodiyoti qisqaradi
Olam
−
05 dekabr 2022
7100Bugun, 5 dekabr kuni “Confederation of British Industry” (SBI) Buyuk Britaniya iqtisodiyoti kelgusi yilda 0,4 foizga qisqarishini ma’lum qildi. Sababi mamlakatda inflyatsiya yuqoriligicha qolmoqda va kompaniyalar investitsiyalarni to‘xtatib qo‘ygan. Bu iqtisodiyotning uzoq muddatli o‘sishi uchun yaxshi oqibatlar olib kelmaydi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
Konfederensiya prognozlariga ko‘ra, 2023 yilda Britaniya iqtisodiyoti 1 foizga o‘sishi kutilgandi. Biroq kutilmalar bundan ham past bo‘lishi mumkin. Mamlakat COVID-19’dan oldingi iqtisodiy ko‘rsatkichga 2024 yilning o‘rtalariga qadar erisha olmaydi.
Britaniya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan tabiiy gaz narxining oshishi, shuningdek, COVID-19 pandemiyasidan keyin mehnat bozorining to‘liq tiklanmagani va doimiy ravishda kam sarmoya kiritilishidan aziyat chekdi.
CBI'ning qayd etishicha, Biritaniyadagi ishsizlik 2023 yil oxiri va 2024 yil boshida 5,0 foizga ko‘tariladi. Hozirda mamlakatda ishsizlik darajasi 3,6 foizni tashkil qiladi.
Britaniyadagi inflyatsiya joriy yilning oktyabr oyida 41 yillik antirekordni “urdi”. Ya’ni pulning qadrsizlanishi 11,1 foizni tashkil qilgan. 2023 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 6,7 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi