Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allan o‘z missiyasini yakunlamoqda. Shu bois u bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabulida bo‘ldi. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 

10-11 iyul kunlari London shahrida o‘tkaziladigan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuv so‘ngida Vazir Kristofer Allanga uning Elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga o‘zining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi vazifalarini samarali bajarishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik izhor etdi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Buyuk Britaniya Kristofer Allan

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing