O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
4767O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati o‘rtasida Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston Islom Respublikasi xavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib ketiladigan yuklarning quruqlikdagi tranzitini "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasini majburiy tartibda jalb qilgan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma;
2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati o‘rtasida Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston Islom Respublikasi xavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan motorli zirhlangan (qurol-aslaha bilan jihozlanmagan) transport vositalarining Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Ta’kidlanishicha, Bitim istiqbolda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining huquqiy asoslarini saqlab qolish uchun shunday muhim maqsad va yo‘nalishlarni qamrab oladi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada davom ettirish, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
LiveBarchasi