Ota va o‘g‘il tog‘aning boshiga yetdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida ota va o‘g‘il qotillikka qo‘l urib, jinoyat izini yashirishga harakat qilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni soat taxminan 00:30 da Qo‘qon shahar Qudqlik ko‘chasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan A.X. otasi 1972 yilda tug‘ilgan Yo.X. bilan birgalikda tog‘asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, jinoyat izini yashirish uchun murdani yashash xonadoni xovlisiga ko‘mib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 1 noyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Yo.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Qo'qon

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing