Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun ikki nomzod qoldi

Olam

image

Kecha, 20 iyun kuni Buyuk Britaniyada Konservativ partiya rahbarligi va mamlakat Bosh vaziri lavozimi uchun bo‘lib o‘tayotgan partiya ichki saylovlarining 5-bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu bosqichda Hukumat rahbarligi uchun uchta nomzod kurash olib bordi va yakuniy bosqichga Buyuk Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson va amaldagi Tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant yo‘l oldi. Uchinchi nomzod Britaniya atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi rivojlanishi vaziri Maykl Gouv 75 ovoz bilan oxirgi o‘rinni egalladi va kurashni shu joyda to‘xtatadigan bo‘ldi.

“Euronews” tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Konservativ partiya rahbarligi va mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun kurashda asosiy lider Boris Jonson bo‘lib turibdi. U 5-bosqichda 313 deputatdan 160 nafarining qo‘llab-quvvatloviga erisha olgan. Uning asosiy raqibi Xant ushbu bosqichda 77 ta ovozni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, yakuniy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzod joriy yilning 7 iyunida o‘z vakolatlarini topshirgan Tereza Mey o‘rniga Bosh vazir lavozimini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Bosh vazir Tereza Mey Boris Jonson

Baholaganlar

8

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing