Buyuk Britaniya bosh vaziri reanimatsiyadan chiqarildi

Olam

image

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus infeksiyasi yuqtirib olganligi bois shifoxonaga yotqizilgan edi. 6 aprel kuni uning sog‘lig‘i yomonlashganidan so‘ng, reanimatsiya bo‘limiga olingandi. Kecha, 9 aprel kuni Boris Jonson reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga olindi. 

So‘nggi kunlarda Dauning Strit bir necha bor bosh vazirning ahvoli barqarorlashayotganini aytgan edi. Hukumat rasmiylari Jonson ongli ravishda nafas olmoqda va u sun’iy nafas olish moslamasiga ehtiyoj sezmayotganini ta’kidlagandi. 

AQSH Prezidenti Donald Tramp bu yangilikka o‘z munosabatini bildirdi. "Ajoyib yangilik, bosh vazir Boris Jonson hozirgina reanimatsiya bo‘limidan palataga ko‘chirildi", deya izoh qoldirgan Tramp Twitter'dagi o‘zining rasmiy sahifasida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 65 077 nafar odam chalindi. 7 978 bemor shifo topgan bo‘lsa, 135 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing