Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimi uchun asosiy lider aniqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Konservativ partiya rahbarligi va mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun kurashda liderlik qilmoqda. Bu haqda yeuronews nashri xabar tarqatdi.

Partiya ichki saylovlarining uchinchi tur natijalariga ko‘ra, 313 deputatdan 143 nafari Jonson nomzodi uchun ovoz berishgan. Sobiq tashqi ishlar vazirining asosiy raqobatchisi ayni paytdagi tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant bo‘lib turibdi. Uni 54 nafar deputat qo‘llab-quvvatlamoqda.

Bundan tashqari, 51 tadan ovoz bilan Maykl Gouv va Sajid Javid ham keyingi tur saylovlarida ishtirok etadi. Yetarlicha ovoz ololmagan Rori Styuart saylovlardan chiqib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson Konservativ partiya

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing