Buyuk Britaniya armiyasi tarixida ilk bor “raqamli zirh” polki paydo bo‘ladi
Olam
−
05 iyun 2020
4748Britaniya Qurolli Kuchlari Qirollik Aloqa Korpusi tarkibida kiberxavfsizlikni ta’minlashga javob beradigan yangi polk tashkil etiladi. Bu haqda kecha, 4 iyun kuni mamlakat mudofaa vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.
"Bu Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarini zamonaviylashtirishga hissa qo‘shadigan sifatli o‘zgarishdir. Axborot urushiga doim tayyor bo‘lishi kerak. Kiber hujumlar jismoniy jang maydonlaridagi hujumlardan kam emas va biz o‘zimizga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlardan o‘zimizni himoya qilishga tayyor turishimiz lozim. 13-sonli aloqa polklari bu masalada bizga yordam beradi", dedi so‘zlari hujjatda keltirilgan bo‘lim boshlig‘i Ben Uolles.
Polk aloqa kanallari va maxfiy ma’lumotni himoya qilishga ixtisoslashgan, Britaniya qo‘shinlari uchun "raqamli zirh" vazifasini o‘tashga mo‘ljallangan. Yangi bo‘linma asosida armiyaning axborot xavfsizligi bo‘yicha tezkor kiber-markazi ishga tushadi. Ushbu markaz Britaniya armiyasi, havo kuchlari va dengiz floti uchun aloqalarni himoya qiladi. Polk 250 kishidan iborat bo‘lib, ular Angliya janubi-g‘arbidagi Blandford (Dorset okrugi) da joylashadi.
LiveBarchasi