Buyruq: Trampning impichmentiga tayyorgarlik ko‘riladi

Olam

image

AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSH Kongressi quyi palatasining tegishli qo‘mitasiga mamlakatning amaldagi Prezidenti Donald Trampning impichmentiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament a’zolari Tramp “zudlik bilan iste’foga chiqishiga” umid qilmoqda.

Avvalroq, AQSH Demokratik partiyasi vakillari “isyon ko‘targani uchun” Trampga impichment e’lon qilish uchun hujjat loyihasini tayyorlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi demokrat Jozef Baydenning 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini ma’qullagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing