Fransiyada ishsizlar soni rekord darajaga yetdi

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiyada ishsizlik mart oyiga nisbatan 7,1 foizga o‘sdi. Bu haqda mamlakat Bandlik milliy agentligi xabar bermoqda.

“Mart oyida Fransiyada ishsizlar soni rekord darajada o‘sdi – + 7,1 foiz yoki fevral oyiga nisbatan 246 100 nafarga ko‘p. Ishsizlarning umumiy soni 3 732 500 nafarni tashkil etmoqda”, deyiladi bayonotda.

Agentlikning ta’kidlashicha, mamlakatda ishsizlikning keskin o‘sishi, birinchi navbatda, “koronavirus inqirozining qo‘shma ta’siri va 17 martdan boshlab epidemiyani oldini olishga qaratilgan cheklov choralari” bilan bog‘liq.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada karantin 11 mayga qadar uzaytirildi. Odamlar “uy karantini”da bo‘lishlari va uyni faqat o‘ta ehtiyojlar uchun tark etishlari shart etib qo‘yildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga 162 100 nafar odam chalindi. 44 903 bemor shifo topgan bo‘lsa, 22 856 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Frantsiyada

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing