Butunjahon shaxmat olimpiadasi uchun O‘zbekiston tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston erkaklar terma jamoalari tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:

1-terma jamoa: 

  • Nodirbek Abdusattorov; 
  • Javohir Sindorov; 
  • Nodirbek Yoqubboyev; 
  • Shamsiddin Vohidov; 
  • Muxiddin Madaminov. 

2-terma jamoa: 

  • Abdumalik Abdisalimov;
  • Jahongir Vohidov;
  • Muhammadzohid Suyarov;
  • Humoyun Begmurotov; 
  • Ortiq Nigmatov.

3-terma jamoa:

  • Saidakbar Saydaliyev; 
  • Bahrom Bahrullayev; 
  • Almas Rahmatullayev; 
  • Muhammadali Abdurahmonov; 
  • Asrorjon Omonov. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 31 iyul 9 avgust kunlari Hindistonning Chinnay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi kongressida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda FIDE’ning navbatdagi kongressini 2026 yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladigan shaxmat olimpiadasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing