Xamesga APLning uch klubi qiziqmoqda
Sport
−
24 may 2019 5996 1 daqiqa
Kolumbiya terma jamoasi a’zosi shu yozda Myunhenning “Bavariya” klubini tark etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xames Rodriges “Bavariya”dagi ijara muddati davrida klubga to‘liqligicha moslasha olmadi. Shu boisdan u tez orada “Real”ga qaytadi.
Futbolchining xizmatlariga esa ayni chog‘da APLning bir yo‘la uch klubi — “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Xamesni rejalariga kiritmagan. Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchi “Real”ga qadar “Portu” va “Monako” jamolarida to‘p surgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust