Butun dunyo bo‘ylab Facebook ishlamay qoldi. Sabab noma’lumligicha qolmoqda

Jamiyat

image

Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqning ishdan chiqishi haqida shikoyat qilmoqda.

Moskva vaqti bilan 03:37 larda asosiy muammo yangiliklar lentasini yangilash bilan bog‘liq edi. Foydalanuvchilarning 47 foizi muammodan shikoyat qilgan, shuningdek, 42 foizi tizimga kira olmagan va 11 foizi tizimga kirishga ham urinib ko‘rmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolgan. Ijtimoiy tarmoqdagi muammolarning aksariyati AQSH, Rossiya, Meksika, Peru, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Polsha aholisi tomonidan boshdan kechirildi.

Nosozlik sababi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning aynan kuz-qish oylarida O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishlamay qolgan edi. 

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Facebook

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing