Butun hayotim migren huruji bilan o‘tgan – Serena Uilyams

Sport

image

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 23 karra g‘olibi, amerikalik Serena Uilyamsning butun hayoti migren xuruji (eng kuchli hurujsimon bosh og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi kasallik) bilan kechgan. Bu haqda tennis malikasining o‘zi “Glamour” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men bir oyda ikki marta migren xurujini boshdan o‘tkazaman va butun hayotim davomida bunga duch keldim. Yoshligimda boshim og‘riyapti, deb onamga shikoyat qilardim. 20 yoshga kirganimdagina bu migren ekanligini angladim. Hatto shu sababli mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldim”, deydi Uilyams.

Shuningdek, Serena Uilyams uyqusizlikdan aziyat chekishini ham ma’lum .

“Men har doim sakkiz soat uxlashga harakat qilaman. O‘zimni tungi boyo‘g‘liga qiyoslay olaman. Chunki, og‘riqlar tufayli odatda yarim tunda uxlashga yotaman, shuning uchun me’yorida uxlay olmayman. Uyqu tananing tiklanishi uchun juda muhim”.

Eslatib o‘tamiz, 4 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblangan Serena Uilyams tennisdagi faoliyatini 1995 yilda boshlagan. “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqalarda g‘alaba qozonish (23) bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich sohibasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Katta dubulg'a WTA Serena Uil'yams Migren'

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing