Bo‘stonliq tumanidagi qator ko‘chalar 3 kunga yopiladi
Jamiyat
−
23 iyun 2021
10382Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse bo‘yicha o‘tkaziladigan “Federatsiya Kubogi” musobaqasi munosabati bilan ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.
Bo‘stonliq tumani hokimining 19 iyun kunidagi 19-10-136-F/21 sonli farmoyishiga ko‘ra, 2021 yilning 23-24-25 iyun kunlari soat 8:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 “Bektemir sh. –Chirchiq sh. – G‘azalkent sh. Chorboq qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 61-kilometrdan (Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yo‘lga o‘tish joyidan) 73-kilometrlari oralig‘ida (“Bochka” nomli savdo rastalari boshlangan joygacha) va 4R10 “Chorvoq suv ombori xalqa yo‘li”ning 0+500 va 81+700 oralig‘ida (“Farovon”, “Arbat”, “Chinaris”, “Xojikent” kafelari atrofi) yo‘lda transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.
Bo‘stonliq tumanining Chorbog‘ qo‘rg‘oni, Xumson qishloqlariga tashrif buyuruvchi fuqarolar ushbu yo‘lni aylanib o‘tish uchun 4R11 “Gazalkent sh- Qizilsuv- Chorbog‘ qo‘rg‘oni” orqali aylanib o‘tishlari mumkin. Shuningdek, Yusufxona, Burchumulla, Bog‘iston va tog‘li hududlardagi boshqa qishloqlarga 4R12 “Bektemir sh. –Chirchiq sh. – G‘azalkent sh. Chorboq qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 61-kilometrdan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 57-kilometriga o‘tish joyi orqali aylanib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan mazkur vaziyatda belgilangan tartibni to‘g‘ri tushungan holda tadbirga jalb etilgan YPX inspektorlarining qonuniy talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi YHXBB xabarida.
LiveBarchasi