Bo‘stonliq tumanida yuk avtomashinasi kanalga tushib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 4 iyul kuni soat 10:00 larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yuk mashinasi kanalga tushib ketdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan K.B. “Kamaz-5511” rusumli yuk avtomashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish uchun kutib turgan vaqtda orqa tomonga harakatlanib ketib “Parkent” kanaliga tushib ketgan.

Natidaja tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Biroz vaqtdan so‘ng avtomashina kanaldan olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq

Baholaganlar

106

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing