Bo‘stonliq – Toshkent – Bo‘stonliq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga borish endi yana ham osonashdi. Toshkent shahri “Mashinasozlar metro bekati” – Bo‘stonliq “Yusufxona qo‘rg‘oni” yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur avtobus yo‘nalishining masofasi bir tomonga sal kam 83 kmni tashkil etadi. Avtobuslar ushbu masofani 1 soat 35 daqiqada bosib o‘tadi. Ushbu yo‘nalishda Qibray tumaniga qarashli “Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi tashish avtosaroyi” MCHJ tomonidan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan YUTONG avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

Harakatlanish jadvaliga muvofiq bir kunda 18 ta qatnov amalga oshiriladi. Har kuni soat 6:00 da ilk avtobus “Mashinasozlar metro bekati”dan yo‘nalishga chiqadi. Kun davomidagi oxirgi avtobus qatnovi “Yusufxona qo‘rg‘oni” dan soat 20:55 Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi.

Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira haqi 10 000 (o‘n ming) so‘m etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalishdagi avtobus qatnovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etishni jadallashtirish choralari to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing