Bo‘stonliqdagi uylarda yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
27 Sentabr
4465Kecha, 26 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi uylarda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:23 da Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 2 ta uyning taxminan 150 kvadrat metr maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
“Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda bank joylashgan binoda katta yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi