Bo‘stonliqdagi nosoz attraksion bir fuqaroning jarohatlanishiga sabab bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanlaridan birida texnik ko‘rikdan o‘tmagan nosoz attraksionda uchish oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgani aks etgan video tahririyatga kelib tushgan edi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev bilan bog‘landi.

Qo‘mita rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, videoda aks etgan attraksionlar qo‘mitaning Toshkent viloyatidagi xududiy boshkarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Ushbu holat Bo‘stonliq tumanining “Xumson” MFY Ugam dam olish maskanida joylashgan attraksionda yuz bergani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, attraksiondan foydalanishda keskin harakatlanish oqibatida tormoz to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan va fuqaro to‘siqqa urilgan.

Holat to‘liq o‘rganilib, dam olish maskaniga o‘rnatilgan attraksiondagi kamchiliklar bartaraf etilmagunga qadar undan foydalanmaslik bo‘yicha oromgoh mutasaddilariga tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi nosoz attraksion sababli 4 nafar fuqaro jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

attraktsion Bo'stonliq dam olish maskani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing