Bo‘stonliqdagi dalahovlisida narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 yanvar
4200Toshkent viloyatida marixuana yetishtirish uchun laboratoriya tashkil qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda “Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qog‘oz quti ichida bo‘lgan Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy og‘irligi 886,426 gramm etib ko‘rsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari bo‘lgan kurerlik jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolingan.
So‘ngra ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dalahovlisi ko‘zdan kechirilgan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro dala hovlida marixuana yetishtirish uchun mo‘ljallangan laboratoriya tashkil qilgani aniqlangan.
Dalahovlidan jami 200 tup marixuana o‘simligi hamda taxminan 5 kg og‘irlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida avtomobilida va ijaradagi uyida jami 2,5 kilogramm gashish giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


