Bo‘stonliqda yana bir Lacetti yonib ketdi
3-sahifa
−
28 may
4616Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Lacetti rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi. Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida xech kimning sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Kecha, 27 may kuni soat taxminan 21:45 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 67-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi haydovchi U.Sh (haydovchi hushyor holda) Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Urilish oqibatida avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in FVB o‘t o‘chiruvchilari tomonidan o‘chirilgan.
Ushbu YTH va kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi va yo‘lovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni soat taxminan 13:30 larda 2002 yilda tug‘ilgan A.K boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli yong‘in yuzaga kelgandi.
LiveBarchasi