Bo‘stonliqda mushuklarni qiynab o‘ldirgan shaxslar qamaldi (video)
3-sahifa
−
26 mart 6211 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mushuklarga nisbatan shafqatsiz xatti-harakatlar sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur hodisa jamoatchilik orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Mushuklarni o‘ldirgan shaxslar aniqlanib, ular qamaldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, sud qarori bilan 33 yoshli M.Sh. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan 15 sutka, shuningdek, 30 yoshli A.A. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-1-moddasi (Qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bu kabi harakatlar takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda haydovchi yuk mashinasining orqasiga eshakni bog‘lab olgan holda uni sudragandi. Huquqbuzar huquq-tartibot idoralari xodimlariga yuk mashinasining texnik nosozligi tufayli eshakni bog‘lab, harakatni davom ettirishga majbur bo‘lganini aytgan.
Live
Barchasi