Bo‘stonliqda ayrim yo‘llarning bir tomoni yopildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tog‘li hududlaridagi dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lning ma’lum qismida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi. bu haqda YHXBB xabar berdi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ganligi munosabati bilan ko‘plab fuqarolar ayni dam olish kunlarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida joylashgan dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda tashrif buyurishmoqda.

Qayd etilishicha, tumandagi avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida “4R-12” “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 61-kilometridan “4R-6” “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo‘lining 57-kilometriga o‘tish qismidan, ya’ni, Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahridan chiqish joyidan to “4R-6” avtomobil yo‘lining 87-kilometriga, ya’ni, Bo‘stonliq tumani “Yusufxona” aholi yashash joyiga qadar avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama tashkil etildi.

“Ushbu holatda barcha haydovchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, o‘rnatilgan yo‘l belgilariga rioya qilishlarini, xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlarining ishora va ko‘rsatmalariga amal qilib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi YHXBB.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l YHXBB

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing